Xotira haqida she'r

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!

Категория: 9-May xotira va qadrlash kuni uchun she'rlar | Добавил: BOY_AKA (27.04.2019)
Просмотров: 1224 | Теги: qadrlash, zamonaviy.net, 9 may xotira kuniga she'r, super she'rlar, 9 may, xotira, eng zo'r she'rlar, 9 may xotira va qadrlash kuni, She'r, xotiralar haqida sherlar, manoli she'rlar, google uchun tayyorm, 9 may uchun tabriklar, 9 may haqida she'rlar, she'rlar, mazmunli sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar