Qish fasli haqida she'r

To'rt fasllar aylanib, 
Qish kelibdi yastanib. 
Zamin oppoq o'ramda, 
Yumshoq, momiq gilamda. 

Ko'cha to'la bolalar, 
Uchar quvnab chanalar. 
Yanoqlari zir qizil, 
Lek yonmoqda qizib dil 

Olam naqadar go'zal, 
Ertakdaman shu maxal. 
Osmonlardan yog'ar qor, 
Atrofga sochib chiroy. 

Tarnovda to'p sumalak, 
Qator-qator bir talak. 
Mo'ri, pechdan bo'rillab, 
Tutqun o'ynar tarallab. 

Mo'jaz,sirlarga boysan, 
Erka, to'lingan oysan. 
Kuch olar uxlab borliq, 
Tanga bag'ishlab xordiq. 

Yusupova Zulfiya.

Категория: Fasllar haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (15.08.2019)
Просмотров: 3463 | Теги: qorbo'ron, yangi yil haqida she'rlar, fasllar haqida sherlar, qor haqida sher, qish fasli haqida she'rlar, oppoq qor, yangi yil tabriklari, qorlar | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
avatar