Bu dunyoni tashlab ketaman

G'animlarim kulaveringlar
Ko'zlarimni yoshlab ketaman
Sizga berib barcha quvonchim
Bu dunyoni tashlab ketaman

Menga ko'ngil berolmagan qiz
Bahtingizni tilab ketaman
Mensiz bahtli bo'lsangiz agar
Bu dunyoni tashlab ketaman

Davlatimga sherik do'stlarim
Sizga mehrim berib ketaman
Astagina yumib ko'zlarim
Bu dunyoni tashlab ketaman

Ortimdan gap chaynab yurganlar
Vijdonimni sizga beraman
Sog' salomat yuringlar deya
Bu dunyoni tashlab ketaman

Men yommoni kechiring ona
Ko'zingizni yoshlab ketaman
Sizga uzoq umrlar tilab
Bu dunyoni tashlab ketaman

Sog'inganda o'qib turarsiz
Sherlarimni tashlab ketaman
Eslaganda tinglarsiz balki
Kuylarimni tashlab ketaman

Xursand bo'lmang ey g'animlar
Hali orzularga yetaman
Ajal jonim olgan kuni
Bu dunyoni tashlab ketaman
04.07.2019

Muallif: Abdulla Murodulla

Категория: Hayot va Umr haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (30.07.2019)
Просмотров: 382 | Теги: manoli sherlar, umr haqida sherlar, hayot haqida sherlar, sms sherlar, mazmunli sherlar, vaqt haqida sherlar, bu dunyoni tashlab ketaman, tasirli sherlar, yangi sherlar, dunyo haqida sherlar, umr yo'llari, bevafo dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar