Ikkimiz ham qishloqimiz

Sochpopuklar joy olarmi boshlaringdan,
Qalam, o’sma tushmaydimi qoshlaringdan
Ming o’rgilay, oh ,o’n olti yoshlaringdan,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Yasha xurram , boshchi bo’lib gulyuzlarga,
Tunga oy-u, quyosh bo’lib kunduzlarga,
Sen ham mendek oshiqmassan yulduzlarga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Iforlaring atirgulmi, rayhonmidi?
Jodu ko’zing  gavharmi yo jayronmidi?
Shirin tiling kamdek yana biyronmidi?
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Haridorman buloqday sof dillaringga,
Yomg’ir yog’sa, ko’ksim to’shay yo’llaringga,
Yuragimni yulib beray qo’llaringga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Tuzog’imga tushiraman, qushim, seni,
Eng soddadil deya topdi hushim seni,
O’zim ham bir chapaniman , tushun meni,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Категория: Hazil va Kulguli she'rlar | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 965 | Теги: judayam zo'r sherlar, ichak uzdi latifalar, zamonaviy.net, sher, zo'r saytlar, latifali sherlar, juda ajoyib latifalar to'plami, kayfiyat sherlari, qiziqarli sherlar, kulguli sherlar, hazil sherlar, prikol sherlar, kayfiyatni ko'taruvchi sherlar, manoli sherlar, yuklash, Sherlar, hangomali sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar