Biz baxtli bo'lamiz (Muhammadyusuf sheri)

Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa 
Hudo hohlamasa uchrasharmidik


Rayhon hidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima deb 
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.


Menga bir tabassum hadya et ey yor 
Nur tomsin lablaring sohillaridan
O'zing ayt senday qiz yana qayda bor
Kipriklari uzun kokillaridan


Iymanib yashama hayol pinjida
Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda
G'iybatlarga chida tuxmatga chida
Sen axir bittasan yorug' olamda


Men esa oshig'ing sening eng g'arib
Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi
Seni yoningda ham seni axtarib
Seni yoningda ham seni kutguvchi


Ista tiz cho'kaman hozir oldingda
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun
Barcha farishtalar sening qalbingda
Ijaraga turgan qizlar men uchun


Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.

Категория: Muhammad Yusuf she'rlari | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 1155 | Теги: xudo xoxlasa, muhammadyusuf she'ri, o'zbek halq shoiri muhammadyusuf, Sherlar, biz baxtli bo'lamiz, zamonaviy.net, muhammad yusuf she'rlari, muhammadyusuf haqida malumot, muhammadyusuf barcha sherlari, tasirli sherlar, sevgi she'rlar, sher, muhammadyusuf hayoti va ijodi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar