Navro'z haqida tabrik she'r

Xademay nastarin gullaydi bodrab, 
Osmonga xushimni eltib ifori. 
Quyoshli shudringlar tushar ertalab, 
Yuvib dillardan qishning iforin. 

Xademay qaldirg'och keladi qaytib, 
O'rik shoxlarida bo'rtar dovuchcha. 
Turnalar azaliy qo'shig'in aytib, 
Sumalak pishadi tong otgunicha. 

Xademay lolalar bo'sadek titrab, 
Tog'lar viqoriga munis boqarlar. 
Yana necha-necha oshiqlar yig'lab, 
Bir-birin bag'rida gulxan yoqarlar. 

Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor, 
Ketolmay qor selib turadi xanuz. 
Bir kuy yaraladi, Quyosh bastakor, 
Xademay Navro'z, Xademay Navro'z!

Категория: Navro'z bayrami haqida she'rlar | Добавил: BOY_AKA (27.04.2019)
Просмотров: 116 | Теги: 21 mart navro'z bayrami, navro'z bayrami haqida sherlar, zamonaviy.net, bahoriy she'rlar, She'r, 21 mart uchun tabriklar, navro'zi ayyom haqida she'r, 21 mart haqida sherlar, navro'z tabriklari, yangi sherlar, navro'zi olam, bahor kelinchagi, sumalak haqida sherlar, she'rlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar