Notanish qiz uchun sevgi izhori

Sherlarimda yozilgan bitik. 
Shunchaki tasodif qofiya halos. 
Hayotimda yashash uchun tik. 
Go'zallarni sevmaganim rost. 

Babnik demang bu yolg'on. 
Men xali xechkimni sevmadim. 
Yer guvoxdir, guvoxdir osmon. 
Men sevgidan azob yemadim. 

Qayrilmadim qalam qoshlarga. 
Xechkimga gul dasta bermadim. 
Ishonib ko'zdagi yoshlarga. 
Men seni sevaman! Demadim. 

Sodiq yashayapman kimgadir. 
Ko'nglim bor meni ham kimdadir. 
Kutaman intizor kimnidir. 
Malikami? Balkim cho'pon qiznidir.. 

Chiroyi , qomati muhimmas. 
Meni desa, meni sevsa bas. 
Men uni xar laxza kutaman. 
Balkim u internet manzilim bilmas. 

Unga salom ayting ko'rsangiz. 
O'zim ham bilmagan sirim, u. 
Menga tanishtiring bilsangiz. 
Kutaverib tamom bezdim-ku. 

Meni kutar u ham intizor. 
Notanish yigitga vafodor. 
Sog'inib ketyapman yorimni. 
Hajrida har kuni men bedor 

She'rlarimni o'qib yig'lasa. 
Yupatmanglar, rashkim keladi. 
Agar yorim o'zi kelmasa. 
Uni taqdir olib keladi. 

U qiz faqat menga atalgan. 
Buni ko'nglim sezib yuradi. 
Men uni xechkimga bermayman. 
Toki yurak urib turadi. 

Sherlarimda yozilgan bitik. 
Shunchaki tasodif qofiya halos. 
Hayotimda yashash uchun tik. 
Go'zallarni sevmaganim rost. 

Kutayab kimnidir zor-zor. 
Men bilaman bir kun keladi. 
Xatto ismim bilmagan dildor. 
Meni juda yaxshi ko'radi. 

Категория: Sevgi izhorlari she'rlari | Добавил: BOY_AKA (24.04.2019)
Просмотров: 1376 | Теги: sevgi izhorlari sherlari, sevib qolishini aytish, sevib qolsa nima qilish kerak, se'r, Sherlar, sevgi olami, sevgi muhabbat haqida sherlar, yabngi sherlar, Sevaman, 2019 she'rlar, sevgisini izhor qilish, o'laman kuyaman, zamonaviy.net, sevishini aytish, notanish qiz uchun sevgi izhori, manoli sher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar