Yangi yilni kutmay qo'ydim
Guldan bog'in ayro tutdi,
Yomon kuydim
Yolg'iz qoldim!
Eski yilim armon bo'lding
Yangi yilim keldi onamsiz
Dilda qoldi,
Tilda qoldi bir nido
Onajonim!
Onajonim!.
Yangi soat yangi yil deb bong urdi
Ruh tanadan jannat tomon yo'l oldi.
Ko'nglim esa...
Yangi yilim yomonsan,
Onam mendan olganinga
Uch yil bo'ldi,
Uch yil bo'ldi meni xo'rlab yuribsan.
Har yangi yil yurak tilinib
Tilda qoldi
Bir so'z bir nido
Eski yilni qoldim sog'inib...
|