To'ylar bo'lsin muborak

To'ylar bo'lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to'riga
Taklif qilay qizlarni

Qani kuyov jo'ralar
Ayting qadax so'zlarni
Davramizga chorlayman
Eng qadrdon do'stlarni

(Umringiz bahordek bo'lsinu xech yomg'iri bo'lmasin
Yozdek issiq bo'lsinu Saratoni bo'lmasin
Kuzdek to'kin bo'lsinu xech hazoni bo'lmasin
Qishdek oppoq bo'lsinu qahratoni bo'lmasin)

Amma tog'a xolalar
Hammalari shod bugun
Yurtimizda ko'p bo'lsin
Shunday go'zal bahtli kun

Bugun yangi hayotga
Qadamlarni qo'yibsiz
Shunday go'zal oqshomning
Ko'rki bo'lib turibsiz

Sizlarga baht tilayman
Qutluq bo'lsin to'yingiz
Shirin o'g'il qizlarga
To'lib yursin uyingiz

(Bahor ko'rkamligi subxidam tongi
Beg'ubor qalbingiz hamrohi bo'lsin
Quvonchlar tilayman yangidan yangi
Dilingiz shodlikka orzuga to'lsin)

Barcha orzularga yeting iloyim
Armondan yiroqda bo'linglar doim
Panohida asrasin qodir xudoyim
Faqat shudir mening bir iltijoyim

To'ylar bo'lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to`riga
Taklif qilay qizlarni
04.08.2019

Muallif: Abdulla Murodulla

Категория: To'y haqida ta'sirli she'rlar | Добавил: BOY_AKA (06.09.2019)
Просмотров: 1801 | Теги: Tabrik sherlar, asirli sherlar, juda ajoyib sherlar, to'y haqida sherlar, To'ylar bo'lsin muborak, ajoyib she'rlar, Kuyov bola, abdulla murodilla, To'ying Bugun, to'y kechasi, Kelinchak | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar