17:58
13-Avgust kungi test natijalari (Cabinet DTM Uz)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n beshinchi kuni (13-avgust) natijalari ma’lum qilindi. Bu haqda DTM rasmiy kanalida xabar berilgan. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 222,9 ball (175,9 ball test sinovlari natijasi, 47 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);


- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120113 – Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111400 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- Qoraqalpoq davlat universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball.

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

- Navoiy davlat pedagogika institutining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 169,0 ball.

k) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 167,0 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet orqali ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 303 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar