07:36
15 Daqiqada tayyor bo'ladigan ajoyib kechki ovqat

Kechqurun ishdan qaytgach, mazali issiq ovqat yegimiz keladi. Ovqat ish kunlari charchog‘imizni chiqarib, kayfiyatimizni ko‘tara oladi. Ammo zamonaviy uy bekasi doim ham uydagilarni pazandalik shohasarlari bilan mamnun qilish uchun vaqt topa olmasligi mumkin. Biz mazali ovqatni tezkorlik bilan ham pishirish mumkinligini isbotlashga qaror qildik.

Pomidor va rayhonli pasta

Masalliqlar:

  • 250 g spagetti (lapsha)
  • 1 ta piyoz
  • 4 ta sarimsoq bo‘lagi
  • 250 g cherri pomidori
  • 1 bog‘ rayhon
  • 1 bog‘ petrushka
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 2 choy qoshiq tuz
  • ½ choy qoshiq murch
  • 1 chimdim achchiq qalampir
  • 5 stakan suv
  • parmezan

Tayyorlanishi:

Kastryulga suv solib, qaynab chiqqach, spagettini solamiz. Taxminan 8 daqiqadan so‘ng u pishib chiqadi, shunda durshlag yordamida spagettini sovuq suvda chayib tashlaymiz.

Tovaga zaytun yog‘ini solib, mayda to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq, pomidor, ko‘katlar hamda tuz va ziravorlarni solib, aralashtiramiz. Pastroq olovda quyuq sous holatiga kelguniga qadar qovurishda davom etamiz. Tayyor sousni lapshaning ustiga quyib, aralashtiramiz. Likoplarga solgach, ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan pishlog‘idan sepamiz.

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 1110 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar