Ertangi kun ob-havo ma'lumoti (14-Avgust)
13.08.2019 в 12:18 Ob-Havo ma'lumotlariO'qildi 466izohlar 0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 avgust kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi¸12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.