08:47
6-avgust kungi test natijalari chiqdi (Cabinet DTM UZ)

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6-avgust kuni topshirilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Samarqand tibbiyot institutining 551010008 – Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining 551010008 – Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent moliya institutining 5230700 – Bank ishi ta’lim yo‘nalishi – 144,3 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5111306 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda ta’lim yo‘nalishi – 119,4 ball.

Kecha va avvalgi kuni test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

DTM Test natijalari

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 1384 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar