12:37
8-Avgust kungi test natijalari bilan tanishing

Davlat test markazi 8 avgust kungi test natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 238,6 ball (184,6 ball test sinovlari natijasi, 54 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;



b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 197,0 ball (155,0 ball test sinovlari natijasi, 42 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
O‘zbekiston Milliy universitetining 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) ta’lim yo‘nalishi – 169,7 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120700 – Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 174,3 ball.
Kecha va avvalgi kuni test topshirganlar o‘z ballarini cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib tekshirib olishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kifoya.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 501 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar