20:45
Abbos Guruhi biografiyasi

Abbos Qosimov 1970 yil 22-noyabr sanasida Toshkent shahrida sa'natkorlar oilasida tug'ilgan.Uning otasi Raxmatilla Qosimov va akasi Umar Qosimovlar doirachi bo'lishgan.

Abbos Qosimov ham bolaligidan doira chalishga qiziqqan hamda 10 yoshidan boshlab Toshkentdagi musiqa maktabida o'qigan.
Ushbu maktabda u mashxur doirachi To'ychi Inog'omov qo'l ostida tahsil olgan.Maktabdagi o'qishni tamomlagach hozirgi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat oliygohida o'z o'qishini davom ettirgan.

Abbos Qosimov O'zbekistondagi mashxur doirachilar sulolasi hisoblangan Ismoilovlarning shogirdi bo'lib, ushbu sulola vakillari qo'l ostida ham doira chalish sirlarini o'rgangan.
Abbos Qosimov 1994 va 1998-yillar oralig'ida o'zi tahsil olgan Toshkent davlat madaniyat oliygohida o'qituvchi sifatida ishlagan.

Keyinroq ya'ni 1998-yilda u o'sha biz bilgan "Abbos" nomli guruhni tashkil etgan.Ushbu guruh bir necha yil ichida O'zbekistondagi mashxur guruhlardan biriga aylangan va shu orqali Abbos Qosimov ham iste'dodli doirachi sifatida tanilgan.

Abbos Qosimov faoliyati davomida bir necha xalqaro tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan.Shu bilan birga u o'zning ko'p yillik faoliyati orqali  "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan ham taqdirlangan.

Abbos Qosimov O'zbek doirasi va doirachilik san'atini dunyoga tanishda ham juda katta xizmat qilgan bo'lib, bugungacha dunyoning o'ndan oshiq davlatlaridagi oliygohlarda   talabalarga doira chalish va doirachilik san'atidan darslar bergan. 
Ushbu san'atkorning hozirda dunyo bo'yicha yuzdan oshiq shogirdlari bor bo'lib, ular ham ustozlari kabi ko'plab yutuqlarga erishib kelishmoqda. 

Uning shaxsiy hayoti haqida: Abbos Qosimov 1992 yilda uylangan bo'lib, hozirda  bir o'g'il va bir qiz farzandi bor.

Ushbu san'atkor 2005 yilda musiqiy albom yozish maqsadida AQShga borgan va keyinchalik o'sha yerda yashab qolgan.
Bugungi kunda u oilasi bilan AQSHning Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahrida istoqomat qiladi.

Hozirgi kunda ham Abbos Qosimov doirachi sifatida faoliyat yuritadi hamda dunyo mamlakatlarida o'tkaziladigan turli musiqiy festivallarda doimiy ishtirok etib keladi. 

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 906 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar