14:52
Apple kompaniyasi 3 ta yangi iPhone smartfonlari ishlab chiqaradi

Apple kompaniyasi o‘z mahsulotlari qatorini yangilamoqchi, yangi qurilmalar yaqin oylarda sotuvga chiqishi kerak, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi. 

Yangi qurilmalardan birinchi bo‘lib Pro iPhones deb ataluvchi 3 ta yangi smartfon chiqishi kutilmoqda, ular kompaniyaning oxirgi modeldagi smartfonlari – iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR o‘rnini egallaydi. 

 


Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yangi smartfonlardan birortasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo tezkor Apple A13 protsessorlari, simsiz quvvatlanish imkoniyati va o‘ta keng fotosuratlar va video olish uchun yangi kameralar bilan ta’minlanadi. Ta’kidlanishicha, yangi ayfonlarda videoni yozish sifati ancha yaxshilanadi. Bundan tashqari, videoni tasvirga olish vaqtida uni tahrir qilish funksiyasi paydo bo‘ladi. 

Yangi smartfonlar o‘lchami avvalgi modellarniki kabi qoladi, ularni mustahkamroq qilish va suv o‘tkazmasligini oshirishga va’da berilgan.
Shuningdek, kompaniya 16 dyuymli yangi MacBook Pro noutbukini chiqaradi. 
AirPods quloqchinlari esa suv o‘tmaydigan qilinadi va ularga shovqinni bostirish funksiyasi qo‘shiladi.

Категория: Tehnologiyalar va Kashfiyotlar | Просмотров: 538 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar