08:06
Bahoriy salat tayyorlash siri

Ishtahangiz ochilib, vitaminga to`yinasiz!

Zarur masalliqlar: 200 ml. smetana, 1 bog`dan ismaloq, rediska va ko`kpiyoz, 3 dona tuxum, 3 ta bodring, salat bargi, shivit, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Ko`kpiyoz va shivitni maydalab to`g`rang. Ismaloqni yuvib, maydalangan ko`katlar bilan aralashtiring.

2. Bodring va rediskani yarim oy shaklida to`g`rang.

3. Piyozni avval halqa shaklida to`g`rab, so`ng to`rtga bo`ling.

4. Smetanaga tuz va murch qo`shing.

5. Barcha masalliqlarni aralashtirib, smetana qo`shing. Qaynatilgan tuxumni ham yarim oy shaklida to`g`rab, salat bilan birga dasturxonga torting.

10 daqiqa

2 kishilik

Категория: Salat tayyorlashni o'rganish | Просмотров: 384 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar