17:52
Benom guruhi - Yoningdaman (Qo'shiq matni)

Benom Guruhi - Yoningdaman (Tekst pesni)

1-Kuplet
Bugun o'zgacha qara
Biz kutgan o'sha sana
Go'yo qaytadan seni
Sevib qolyapman yana

Ko'zlaringda nur to'la
Turarsan jim termulib
O'tgan kunlarni eslab
Quvonchdan ko'z yosh to'kib

Naqorat

Yoningdaman baxtimiz bo'ldi butun
Yoningdaman qiynaldik yillar uzun
Yoningdaman sen oppoq libosdasan
Betakror kulmoqdasan yonimda...

Yoningdaman qo'yvormam endi seni
Yoningdaman sog'ingan baxtim meni
Yoningdaman biz uzoq kutgan bu kun
Yagona sevgim bugun yonimda...


2-Kuplet
Qo'llaringni ber tutay
sog'inchlarim unutay
Do'stu dushman o'ngida
Baxt sari olib ketay

Atrofingda mahliyo
Malikalardek go'yo
xamma xavasla boqar
Baxtimiz bo'ldi ro'yo

Naqorat

Yoningdaman yig'lama endi sira
Yoningdaman yaxshi yomon kuningda
Yoningdaman sen oppoq libosdasan
Betakror kulmoqdasan yonimda...

Yoningdaman qo'yvormam endi seni
Yoningdaman sog'ingan baxtim meni
Yoningdaman biz uzoq kutgan bu kun
Yagona sevgim bugun yonimda...

 

Benom guruhi - Yoningdaman (Yuklab olish)

Категория: Qo'shiq matnlari | Просмотров: 1084 | | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
avatar