08:52
Bo‘lajak ona avval qanday shifokorga uchrashi kerak?

Eng avval TERAPEVT ko‘rigidan o‘tish zarur. Ayol o‘zini sog‘lom hisoblagan taqdirda ham qon bosimini o‘lchashi, umumiy tahlillarni topshirishi kerak. Tahlillar — kamqonlik, buyrak, yuqori qon bosimi kabi yashirin kechuvchi kasalliklarni aniqlashga yordam beradi. Albatta rentgen tekshiruvidan ham o‘ting. Agar sizda surunkali kasalliklar topilsa, kompleks davolanishni boshlang. Shuni esda tutish muhimki, homiladorlikka tayyorgarlik payti kasallikning zo‘rayishi bilan to‘g‘ri kelmasligi kerak. Agar tegishli dorilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashib, vaziyatni tushuntiring. Shunda shifokor dori miqdorini kamaytirishi yoki
uni boshqasiga almashtirish mumkin. GINEKOLOG xonasi ham siz kiradigan xonalarning eng zaruridir.

Avvalambor, tanangizda infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash zarur. Buning uchun qindan ajralma (mazok) olinadi. Bundan tashqari, gerpes, toksoplazmoz, qizamiq, sifilis, gepatit kasalliklari uchun tekshirib ko‘rish maqsadida qon
tahlilini topshirasiz. Bu kasalliklarning barchasi avval yashirin kechib, o‘zini hech ko‘rsatmasliklari mumkin.
STOMATOLOG ko‘rigidan ham o‘tish kerak. Homiladorlikdan oldin tishlardagi kovaklarni plombalab, davolanish zarur. Shundagina tug‘ilajak bolangizga surunkali kasalliklarni «meros» qilib bermagan bo‘lasiz. Agar ayol 35 yoshdan oshgan yoki naslda irsiy kasalliklar (tutqanoq, qandli diabet, ruhiy kasalliklar, gemofiliya, allergiya kabi) yoki ota-onasi nurlangan bo‘lsa, albatta irsiyatshunos-shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Категория: Ayollar homiladorlik davri | Просмотров: 785 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar