08:56
Bola nonushta qilishni xoxlamasa nima qilish kerak?

Bu Muammo asosan birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilarida, kuzda- o’quv yili boshlangan paytda ko’proq uchraydi. Ta’sirchan bolalar katta sinfga qadam qo’yish va qattiqqo’l o’qituvchiga ro’baro kelishdan oldin xayajonlanib, tomog’idan ovqat o’tmaydi. Agar onasi majburlamasa, ko’ngli aynib, maktabda qayt qilishi mumkin. Bu ko’pchilik oldida uyatga qolishiga olib keladi. Yaxshisi, bunday paytda bolani ovqat yeysihga undamang. Xoxlasa sharbat yoki sut ichsin, xoxlamasa nonushta qilmasdan ketaversin. Albatta och qoringa kunni boshlash oson emas, ammo o’z xoliga qo’yib bersangiz, u asta- sekin maktabga moslashadi va nonushta qila boshlaydi.

Bolaga bu masalada yordam bergingiz kelsa , o’qituvchisiga vaziyatni tushuntiring, uning maktabga moslashishiga, sinfda o’z o’rnini topishiga yordam berishi mumkin. Manba ( Xademay ona bo’lasiz)

Категория: Bolalar salomatligi | Просмотров: 717 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar