10:26
Chekishni qanday qilib tashlash mumkin?

Tamakining vatani janubiy amerika, uni ispanlar 16-a.da evropaga keltirgan. Dastavval tamakini xidlash yoki chaynash odat bo’lgan. Bora bora u chekiladigan bo’ldi, chunki tamaki chekilganda undagi asosiy modda – nikotin kuchliroq ta’sir etadi. Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi(q. Periferik nerv sistemasi, Markaziy nerv sistemasi), arterial qon bosimini oshiradi, mayda qon tomirchalarini toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini kuchaytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaxarlaydi. quyida chekishni tahslash uchun kerakli bo'lgan 10 maslahatni berib o'tamiz. 

  1. Ma’lum bir vaqtga chekishni tashlash bo’yicha qaror qabul qiling va uni bajaring.
  2. Chekishni tashlashingiz oqibatida bosh aylanishi, titroq, bosh og’rig’I va tomoq qurishi kutilishi mumkin, e’tibor bermang, bir ikki hafta ichida o’tib ketadi.
  3. O’zingizni birinchi kunlarini o’tkazishda yordam bermoqchi bo’lsangiz, doimo ma’lum bir ish bilan band bo’ling. Kuldon, sigaret va gugurtni  yig’ishtirib qo’ying.
  4. Ko’p suv iching. Ish vaqtida qo’lingizga stakan suvini ushlab oling va doimo tomog’ingizni xo’llab turing
  5. Aktiv bo’ling. Sayr qiling, yuguring yoki sportning boshqa turlari bilan shug’illaning. U sizni erkin his etishga yordam beradi.
  6. Chekishni tashlash evaziga iqtisod qilingan pulni, boshqa zaruriy maqsadga sarflang.
  7.  Doimiy ish kuni tartibingiz va odatlaringizni o’zgartiring. Iloji boricha oldin sigaret sotib olgan do’konga yaqinlashmang.
  8. Bir dona chekib qo’yay degan odatni tashlang.
  9. Semirib ketishdan saqlaning. Odatda, oldingi chekuvchilar chekishni tashlagandan so’ng, semirib ketadilar.
  10. Esda tuting, har bir sigaretsiz o’tgan kun –sizning sog’ligingiz, daromadingiz va hamkasblaringiz shuningdek turmush o’rtog’ingiz uchun ham yaxshi yangilik!
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 695 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar