12:22
Dildora Niyozova - Farzandimga (Qo'shiq matni)

Dildora Niyozova - Farzandimga (Qo'shiq matni tekst)

Yoshim yashab umr tugar bo'lsa agar
Toshdek bo'ib tuyulsa bu yostig'u ham
Tomog'imdan o'tmay qolsa tuzu shakar
Mehr berib boqqanlarim turarmikin
onam deya menga dalda bo'armikin

Jon deganim jonim uzra oro bo'lib
Kunduz chiroq kechda to'lin oydek to'lib
Yursam oyoq o'tirsam bir tirgak bo'lib
Mehr berib boqqanlarim turarmikin
Onam deya menga dalda bo'larmikin

Ko'z nurimni olar bo'lsa qodir xudo
Mador ketib bu tanamdan bo'lsam ado
bilmay qilib qo'ysam balki bir bir xato
Mehr berib boqqanlarim turarmikin
Onam deya menga dalda bo'larmikin

Nabiralar atrofimda o'ynab kulsa
Gohida hey boy bo'gur deb tanbeh bersa
Imom qori domla bo'l deb duo qilsam
Mehr berib boqqanlarim turarmikin
Onam deya menga dalda bo'larmikin

Hammani xam qariganda qilsin aziz
Farzandlari poylarida cho'ksinlar tiz
U xox o'g'il bo'lsin xox bir gulday qiz
Mehr berib boqqanlari tursin doim
Onam debon duosini olsin doim

Dildora Niyozova - Farzandimga (Ko'chirib olish)

Категория: Qo'shiq matnlari | Просмотров: 1002 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar