16:57
Dollar kursi narxlari Qora bozor va rasmiy kurs: 9061 so'm

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 16-avgustidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi yana avvalgi kursga nisbatan keskin oshdi (179,00 so‘m), 9061 so‘m etib belgilandi. To‘rt kun avval dollar bir urinishda 8882 so‘mga chiqqandi.

Yevro kursi ham keskin oshdi (+163,84) va bir yevro 10092,14 so‘m etib belgilandi.

 

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval tijorat banklari AQSh dollarining oldi-sotti kursini yana keskin oshirishgandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 959 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar