20:29
Hojiakbar Nurmatov biografiyasi

Bugun sizlar bilan el suygan aktyor serqirra ijodkor rahmatli Aktyor Hojiakbar Nurmatov haqida gaplashamiz aktyorning hayoti va ijodini sizlarga quyida yoritib boramiz.

Hojiakbar Nurmatov 1944 yil 25-noyabr sanasida Toshkentda tug'ilgan.

Aktyor 1964 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohiga o'qishga kirgan.Ushbu oliygohda u Erkin Komilov, Yodgor Sa'diyev va Gulchehra Jamilova kabi aktyorlar bilan birga tahsil olgan.
Hojiakbar Nurmatov aktyorlik faoliyatini 1966 yilda hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan.
Ushbu teatrda ishlash davomida u 10 dan oshiq spektakllarda ishtirok etgan.

Aktyor kinodagi faoliyati davomida 20 dan oshiq filmlarda suratga tushgan hamda bir nechta esda qolarli rollarni ijro etgan.
Shu bilan birga  Hojiakbar Nurmatov dublaj sohasida ham ko'p yillar ishlagan bo'lib, 2000 ga yaqin film va seriallar dublajida qatnashgan.

U o'zining aktyor sifatidagi faoliyati orqali 1999 yilda "O'zbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Hojiakbar Nurmatov Ra'noxon ismli ayol bilan oila qurgan.Ular ikki qiz farzandli bo'lishgan.
Aktyorning rafiqasi og'ir hastalik tufayli olamdan o'tgan.Shundan keyin Hojiakbar Nurmatov boshqa uylanmagan va yolg'iz hayot kechirgan.
Ushbu aktyor so'nggi marta 2006 yilda "Xo'ja Nasriddin:O'yin boshlandi" nomli filmda suratga tushgan.
Hojiakbar  Nurmatov 2007 yil fevral oyida 62 yoshida yurak huruji natijasida olamdan o'tgan.

Hojiakbar Nurmatov garchi hozir hayot bo'lmasa ham muxlislari qalbida,   so'nmas yulduz sifatida bir umrga muhrlangan. 

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 806 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar