05:09
Homiladorlar uchun 8 ta mahsulot taqiqlanadi (Maslahat)

Olimlar homilador ayollar uchun mutlaqo taqiqlangan 8 mahsulotni aniqlashdi. Bu mahsulotlar iste'mol qilinmasa, bolani yo'qotish xavfi kamayadi va  sog'lom farzand ko'rish imkoni ko'payadi.

Manbaga ko'ra, homilador ayollarga simob miqdori yuqori bo'lgan dengiz mahsulotlari taqiqlanadi. Zero bu tug'ilajak bola uchun zaharli ta’sir ko'rsatadi. Natijada bola tushishi yoki rivojlanishdan ortda qolish belgilari bilan tug'ilishi xavfi paydo bo'ladi. 

Bundan tashqari, homiladorlik paytida ayollarga papayya va ananas kabi ekzotik mevalarni iste’mol qilish ham taqiqlanadi. Papayya homiladorlikning ilk oylarida juda salbiy ta'sir ko'rsatadi, ananasda esa bola uchun zaharli bromelayn mavjud. 

Shuningdek taqiq ostiga tushgan mahsulotlar orasida sut ham bor, faqat issiqlik bilan ishlov berilgan sutnigina ichish mumkin. Xom tuxum iste’molini xush ko'ruvchilarga ham bu odatidan voz kechish tavsiya qilinadi, chunki tuxum sarig'ini ichilganda organizmga infeksiya tushishi va bu tug'ilajak bolaga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. 

Tarkibida katta miqdorda kofein bo'lgan mahsulotlar ham homilador ayollarga taqiqlanishi ma’lum bo'ldi. Kofeinli mahsulotlar homiladorlik davrida yurak sohasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Jigar homilador ayollarning ‘qora’ ro'yxatidan joy olishi kerak, zero u bolaning asab tizimiga ziyon Yetkazishi mumkin.

Категория: Ayollar homiladorlik davri | Просмотров: 49 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar