09:22
Javohir Zokirov biografiyasi

Javohir Zokirov 1972 yil 9-noyabr sanasida Toshkentda tug'ilgan.U mashxur Zokirovlar sulolasining vakili bo'lib, marhum aktyor "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" Jamshid Zokirov va aktrisa Gavhar Zokirovalarning farzandi hisoblanadi. 
Ushbu aktyor oilda to'ng'ich farzand bo'lib, uning  Ohista ismli bir singlisi bor.

Javohir Zokirov san'atkorlar oilasida tug'ilgani bois uning bolaligi asosan,  teatr sahnalari va suratga olish maydonchalarida o'tgan.Shu boisdan u kinoga juda erta ya'ni olti yoshidan kirib kelgan.

U san'at sohasidagi faoliyatini xonandalikdan boshlagan bo'lib, o'sha mashxur Bolalar guruhining a'zosi bo'lgan.Ushbu guruhda Javohir Zokirov bir necha yil faoliyat yuritgan hamda  xonanda sifatida 2001-yilda o'zining yakkahon konsertini ham taqdim etgan.

Keyiroq u Moskvadagi Butunrossiya kinomatagrafiya oliygohida tahsil olib qaytgan.  
Javohir Zokirov aktyor sifatida bugungacha yigirmadan oshiq filmlarda suratga tushgan bo'lib, ular orasida "Sotqin" va "Baron" filmlaridagi rollari bilan tomoshabinlarining mehrini qozongan.
Bu aktyor faoliyati davomida nafaqat o'zbek kinosida balki o'nlab xorijiy filmlarda ham ishtirok etgan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Javohir Zokirov  mashxur o'zbek yozuvchisi G'afur G'ulomning nabirasi Shahrizod G'ulomovaga uylangan bo'lib, Hozirgi kunda ularning bir qiz va ikki nafar o'g'illlari bor.

Bugungi kunda 47 yosh arafasidagi Javohir Zokirov faoliyatini aktyor,rejissyor va xonanda sifatida davom ettirib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 748 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar