20:37
Ko'z shakliga qarab harakterni aniqlash (Psixologik test)

Mashhur ruhshunoslarning fikricha, ko‘z shakli va qovoq tuzilishidan odamning fe’l-atvorini, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash mumkin ekan.

Ilon

Donishmandlik timsoli. Ko‘z qovoqlari shakli to‘g‘ri, yotiq chiziqli, ko‘zning rangdor pardasini qisman yopib turuvchi bo‘ladi. Ko‘zlari bunday shaklda bo‘lgan odamlarda o‘z qadrini bilish hissi kuchli bo‘ladi, ular o‘z shaxsiy fikrlarini qat’iylik va tirishqoqlik bilan himoya qiladi. Ular atrofdagilarning maslahatiga amal qilmasdan faqat o‘z fikri bilan ish tutadi.

Yo‘lbars

Egilgan qovoqlar ko‘zning rangdor pardasini biroz yopadi, bu ko‘zlarni qiymoch qilib ko‘rsatadi. Bunday shakldagi ko‘zlar egalariga intiluvchan, nima muhimligini aniq biluvchi va boshlagan ishlarini oxirigacha yetkazuvchi kishilar sifatida ta’rif beradi. Bunday odamlar eng kutilmagan vaziyatlarga ham har doim tayyor turadi. “Yo‘lbars” ko‘zli odamlar sabr bilan o‘z soatini kutadi, hovliqmaydi ham, asabiylashmaydi ham.

Tulki

To‘lqinsimon egilgan qovoqlar o‘z sohibi yuziga ayyorona ifoda beradi. Ko‘zlar “yo‘lbars”larnikidan ham qisiqroq ko‘rinadi. Bunday ko‘z egalari kirishimli bo‘ladi va diqqat markazida bo‘lishni, tadbirlar va do‘stona kechalarni xush ko‘radi. “Tulkilar” juda ishbilarmon bo‘ladi, vaqtini bekorga gap sotishga sarflashni yomon ko‘radi. Ular juda hozirjavob va hiyla-nayrangli rejalarni o‘ylab topishni yaxshi ko‘radi.

Quzg‘un (qarg‘a)

Bunday ko‘zlar yuqori qovoqning ifodali egik joyi va pastki qovoqning deyarli yotiq chizig‘i bilan ajralib turadi.

Bu shakldagi ko‘z egalari — suhbatdoshining muammolariga mehribonlik bilan munosabat bildiruvchi ko‘ngli ochiq, sodda va madaniyatli odamlar. “Quzg‘un” ko‘zli odamlar dildan qilingan suhbatlarni ma’qul ko‘radi va suhbatdoshini juda yaxshi tahlil qila oladi.

Manba: “Xitrosti jizni”

Категория: Psixologik testlar olami | Просмотров: 1501 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar