18:46
Koreyada O`zbekiston fuqarosi qurbon bo`ldi

1 avgust kuni Koreya Respublikasida O`zbekiston fuqarosi qurbon bo`ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmat xabar berdi.

O`zbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra, Kyongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o`zaro janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi jarohat olib, vafot etdi.

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O`zbekiston fuqarosi qo`lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bo`yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 469 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar