04:42
«Manchester Yunayted» Tomas Tuxelni olib kelmoqchi

Ule-Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted» bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkaniga hali ko‘p vaqt o‘tmadi, shunga qaramay klub rahbarlari «PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxelni olib kelish niyatida, deb yozmoqda fransuz ommaviy axborot vositalari.

«Le 10 Sport» xabariga ko‘ra, agarda 2019-2020-yillar mavsumi yakunida ham Sulsher hozirgidek nursiz o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» uning o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelmoqchi.

Biroq, nashrning yozishicha, «qizil iblislar» buning uchun jiddiy raqib — bosh murabbiyi klub mavqeiga tobora tushmay borayotgan «Barselona» bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun: Tomas Tuxel Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan sanaladi. Uning jamoasi («PSJ») o‘tgan chorshanba kuni ChL guruh bosqichi 1-turida o‘z uyida Zidan boshchiligidagi «Real Madrid»ni 3:0 hisobida tor-mor etdi. Parijliklar yozgi transferlarda «zaxira o‘rindig‘i»ni yaxshigina kengaytirib oldi. Xususan, o‘z jamoalarida qadrini yo‘qotgan futbolchilar — «Real Madrid» darvozaboni Keylor Navas, «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi parijliklar safini to‘ldirdi.

Tuxel «PSJ» bilan o‘z chempionatida tanho yetakchilikni saqlab turibdi: 5 turdan so‘ng 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat. Sulsherning «Manchester Yunayted»i esa Angliya chempionatida 5-o‘rin bilan qanoatlanishga majbur: 2 g‘alaba (penaltilar yordamida), 1 mag‘lubiyat, 2 durang.

Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 1027 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar