12:16
Matyoqub Matchonov biografiyasi haqida

Bugun sizlar bilan xozirgi kunda ko'plab kinofilmlarda suratga tushib kelayotgn aktyor serqirra ijodkor, el suygan aktyor Matyoqub Matchonov haqida gaplashamiz aktyorning hayoti va ijodini sizlarga quyida yoritib boramiz.

Aktyor Matyoqub Matchonov 1956 yil 26 noyabr sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan.
U oilada olti farzandning biri.

Matyoqub Matchonov maktabni tamomlagach aktyor bo'lish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohida tahsil olgan.
Oliygohdagi o'qishni tamomlab o'z faoliyatini 1985 yilda "Yosh Gvardiya" nomidagi teatrida boshlagan.

U kinoda birinchi marta 1980 yilda suratga olingan "Dahoning yoshligi" nomli filmda suratga tushgan.
Matyoqub Matchonovni aktyor sifatida  xalqqa tanitgan roli bu "Bozor ko'rmagan yigit" filmidagi roli hisoblanadi.Aynan shu rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning e'tiborini qozongan.
Bu aktyor faoliyati davomida hozirgacha o'nlab spektakl va filmlarda ishtirok etgan.

Matyoqub Matchonov o'zining aktyorlik faoliyati orqali "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni va "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.
Aktyorning shaxsiy hayoti haqida qisqacha: Matyoqub Matchonovni hozirda 3 nafar farzandi va 10 ga yaqin nabiralari bor.

Matyoqub Matchonov bugungi  kunda  O'zbekiston Kinoarboblar uyushmasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 1376 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar