11:39
Mia Sara Biografiyasi haqida

Ushbu aktrisaning ismi Mia Sara bo'lib, u 1967 yil 19 iyun sanasida Aqshning Nyu-York shahrida fotograflar oilasida tug'ilgan.

Ushbu aktrisa kinoga 18 yoshligida kirib kelgan va "Afsona" nomli filmda ilk bor suratga tushgan. Shu filmdan keyin bir necha yil u ketma ket filmlarda suratga tushgan va shu orqali tanilgan.
O'zbek tomoshabinlariga esa ushbu aktrisa "Jek va Loviya poyasi" nomli filmdagi Andin roli bilan tanish.

Mia Sara faoliyati davomida hozirgacha 30 dan oshiq film va seriallarda suratga tushgan.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Mia Sara 1996 yilda mashxur gollivud aktyori Shon Konneri.ning o'g'li Jeyson Konneri.ga turmushga chiqqan.Ular bir o'g'il farzandli bo'lishgan.Bu juftlik 2002 yilda ajrashgan.
2010 yilda aktrisa Brayan Henson ismli taniqli qo'g'irchoqbozga turmushga chiqqan.Hozirgi kunda ularning Ameliya ismli bir qizlari bor.
Aktrisa haqida yana bir ma'lumot: Mia Sara samolyotda uchishni yaxshi ko'radi, shu boisdan U uchuvchilik guvohnomasiga ham ega.

Bugungi kunda Mia Sara  51 yoshda bo'lib, oilasi bilan Aqshda istiqomat qiladi.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 896 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar