15:05
O'zbek kino: "Scorpion" filmiga 5 million dollar sarflandi

2018 yilda byudjeti shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Scorpion” filmiga ketgan xarajatlar oshkor qilindi. 

Rejissyorning aytishicha, loyihaning davlat byudjetiga umuman aloqasi yo‘q. “O‘zbekkino” MAdan bir so‘m ham olinmagan.

Mudofaa vazirligi bilan qo‘shma kelishuv imzolanganidan so‘ng vertolyot va otishma sahnalarida foydalaniladigan o‘qlar, barchasi beg‘araz taqdim etilgan.

Milliy teleradiokompaniya reklama masalasida katta yordam bergan.
 


“1 mln dollar deb kamaytirib yubordingiz. 5 mln dollar, 44 mlrd so‘m sarflangan, bu Yoshlar Ittifoqining loyihasi, pullar qayoqqa ketdi, deyishgandi. Men hatto sizga hisobotlarni ko‘rsatishim mumkin. Aynan Yoshlar Ittifoqidan 900 mln so‘m olingan", deydi rejissyor Muxlisa Azizova. 

U “Scorpion” filmi byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilishganini qo‘shimcha qilgan:

“Rossiya kinosanoatida Janik Fayziyev degan mashhur prodyuser bor. Prologue-2018 ochilish marosimida “Scorpion”ning ham premerasi bo‘lgan. Janik Fayziyev Rossiya hisobi bilan olganda ushbu film byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilgandi. Professional prodyuserga haqiqiy byudjetni aytganimda shok holatiga tushdi. So‘mda hisoblaydigan bo‘lsak, film byudjeti 4,5 mlrd so‘mga ham yetmagan”.

Категория: Shou biznes yangiliklari | Просмотров: 577 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar