12:12
O'zbekistonda bu xafta qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi 6 - 9 avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 avgustda 22-27 daraja issiq, 8-9 avgustda 15-20 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 6 avgustda 37-42 daraja, 7-9 avgustda 27-32 daraja issiqqacha pasayadi.



Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-9 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 avgustda 23-28 daraja, 9 avgustda 20-25 daraja, kunduzi 6-7 avgustda 38-43 daraja, 8-9 avgustda 30-35 daraja iliqqacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 va 9 avgustda 20-25 daraja, 7-8 avgustda 22-27 daraja, kunduzi 6 avgustda 36-41 daraja, 7-8 avgustda 38-43 daraja, 9 avgustda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-9 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 6-8 avgusta 38-43 daraja, 7-8 avgustda ba’zi joylarda 45 darajagacha ko‘tariladi, 9 avgustda 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 6 avgustda 35-40 daraja, 7-8 avgustda 36-41 daraja, 9 avgustda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 6-8 avgustda 29-34 daraja, 9 avgustda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 476 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar