17:24
Och qolgan mushuk egasini millionerga aylantirdi

Angliyada mushugiga ovqat sotib olishni unutgan er-xotin jekpotni yutdi. Bu haqda Britaniyaning «Daily Star» nashri xabar berdi.

Endryu Henkokning aytishicha, u ishdan uyiga qaytganida Shortcake laqabli mushugiga ozuqa olishni unutganini eslaydi. Keyin u shu bahona mashinasiga benzin quydirib kelishni ham ko‘zlab, yoqilg‘i quyish shoxobchasiga boradi.

Mashina bakini to‘ldirayotib, lahzali lotereya chiptasini xarid qiladi va yana mushugiga yemish olishni esdan chiqaradi.

Chunki... Henkok mashinasiga o‘tirib, chiptani tekshirsa, bir million funt sterling yutuq bor! Hayajonning zo‘rida xushxabarni rafiqasiga yetkazish uchun gazni bosadi...

«Turmush o‘rtog‘im uyga «Paula! Paula!» deya qichqirib kirib kelganida biror kor-hol bo‘ldimikan, deb o‘yladim», — deydi Henkokning ayoli Paula.

Ular shu paytgacha bir necha marta lotereya o‘ynashgan va taxminan 100 funt sterling yutib olishgan. Er-xotinning aytishicha, endi ular ko‘p joylarga sayohat qilishmoqchi. Hozircha yutib olingan pulga faqat o‘g‘li uchun mobil telefon xarid qilishdi. Paulaning fikricha, ularning boyishiga mushuk sababchi bo‘lgan.

Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 52 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar