10:42
Olimlar saratonning so'ngi bosqichiga ham dori topishdi

AQShda Jon Hopkins nomidagi Onkologiya markazi qoshidagi Saraton immunoterapiyasi instituti olimlari rivojlanib boruvchi va davolashning boshqa usullariga bo‘ysunmaydigan melanoma, buyrak-hujayra saratoni yoxud mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratoniga qarshi kurashda nivolumab (anti-PD-1) preparati sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilishdi.

Tadqiqotda 270 kishi ishtirok etgan. Nivolumabning ko‘p yillik sinovlari natijasiga ko‘ra, yangi preparat yordamida tirik qolishning besh yillik ko‘rsatkichlari boshqa turdagi terapiyalarga, jumladan, 2008 yilda ommalashgan kimyoterapiya, kinaza ingibitorlari, biologik terapiya va davolashning o‘zga usullariga qaraganda yuqori chiqqan.

Oddiy terapiyada to‘rtinchi bosqichdagi teri saratonidan qiynalayotgan bemorlarda besh yillik tirik qolish darajasi 5 foizni, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonida 6 foizni tashkil etgan. Nivolumab esa melanoma uchun 34,2 foiz, buyrak-hujayra saratoni uchun 27,7 foiz, o‘pka saratoni uchun 15,6 foiz tirik qolishga ko‘maklashadi.

Nivolumab PD-1 molekulalarining faolligini bloklaydi: u saraton o‘smasiga hujum qiluvchi hujayralarni ushlab turuvchi immun nazorat nuqtasi hisoblanadi.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 430 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar