10:39
Olmali ajoyib povidloli pishiriq tayyorlashni o'rganamiz

Povidlo surtiladigan pishiriqlarning ko’pchilikka bolaligini eslatadigan sevimli pishiriqlaridan biri bo’lsa kerak! Bunday shirinlik issiqina choy bilan tortilsa juda yaxshi ketadi.
Bunday pishiriqlar 2-3 kungacha yaxshi saqlanib, kundan-kunga yumshab, yanada  mazaliroq ta’mga kiradi.

Masalliqlar:
200 gramm sariyog'
1 ta tuxum
130 gramm shakar
330 gramm un
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
10 gramm vanilin
400 gramm olmali yoki o'rikli quyuq povidlo

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

1-qadam
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

2-qadam
Tuxum va iste'mol sodasini solib, yana ozroq ko'pirtiramiz.

3-qadam
Unni elab solamiz va xamir qorib olamiz. Xamir biroz yopishqoqroq o'ladi. Xamirni yelim xaltaga solamiz va 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

4-qadam
Tingan xamirni olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasiga qo'yib, yoyib olamiz (taxminan 5 mm qalinlikda).

5-qadam
Xamirni bir nechta joyini sanchiq bilan teshib olamiz va 190 C darajada qizigan pechga qo'yamiz.

6-qadam
Xamirni och tillarangga kirgunicha, taxminan, 15-18 daqiqa davomida pishirib olamiz. Xamirni uzoq vaqt pishirmang, aks holda qurib, qattiq bo'lib qopladi.

Pishgan xamirni olib, sochiq bilan o'rab qo'yamiz.

7-qadam
O'tkir pichoq yordamida xamir chetlarini tekislab kesib chiqamiz. Chetidan chiqqan xamir bo'laklari ustiga sepish uchun kerak bo'ladi.

8-qadam
Xamirga povidlo surtib chiqamiz. Teng ikkiga bo'lib, birini ikkinchisining ustidan qo'yamiz.

9-qadam  
Chetidan ortganlarini esa maydalab, pishirig'imizning ustidan sepamiz.

 

 

Yoqimli ishtaha!

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 702 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar