10:17
Oybarchin Bakirova biografiyasi

Oybarchin Bakirova 1950 yil 27 iyun sanasida Andijonda marhum aktyor O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan.
U oilasida ikki qiz va ikki o'g'ilning biri hisoblanadi.
Oybarchin Bakirova san'atkorlar oilasida katta bo'lgani uchun ham yoshligidan aktrisa bo'lishni niyat qilgan.U o'rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohida tahsil olgan.

 

Aktrisa o'z faoliyatini 1971 yilda "O'zbekfilm" kinostudiyasida boshlagan.U bizga tanish bo'lgan "Tangalik bolalar", "Armon","O'yin" va "Farzandim" kabi o'nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarchin Bakirova o'z faoliyati orqali 2000 yilda "O'zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda Oybarchin Bakirova 68 yoshda bo'lib, hozirda ham san'at sohasidagi faoliyatini muaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 65 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar