18:16
Qo'lda yozishning foydali taraflari

Bugun qo`lda maktub bitish uzoq o`tmishga aylanib qolgandek. Nafaqat oddiy odamlar, balki yozuvchilaru jurnalistlarning ham ko`pchiligi bugun qog`oz, qalamdan yiroqlashdi. Uyali telefonlarning kichik katakchalari yoxud kompyuter klaviaturasida harf terishga barmoqlarimiz moslashib ketdi. Vaholanki, qo`lda yozishning bir qator afzalliklari, hatto sog`liqqa foydali jihatlari borligini olimlar isbotlashgan.

  1. Qo`lda yozish miya yarim sharlari faolroq ishlashiga turtki bo`ladi. Diqqatni jamlash, hissiyotlarni jilovlash oson kechadi va jumlalar qog`ozga ravon tushadi.
  2. Qo`lda yozilgan ma`lumotlar, xat-xabarlar xotirada yaxshi saqlanib qoladi. Shu sabab ham ta`lim muassasalarida o`quvchi va talabalarga dars mavzulari va uy vazifalarini qo`lda yozish so`raladi.
  3. Yosh bolalarning barmoqlar motorikasi rivojlanishi hamda nutqi tezroq chiqishiga ham qo`l bilan yozish ko`mak beradi.
  4. Inson xatiga qarab, shifokorlar unda qanday xastaliklar mavjudligini taxmin qilishlari mumkin. Masalan, so`zlar ketma-ketligini adashtirib, so`zlarda xatoga yo`l qo`yib yozish Alsgeymer (shuningdek, savodsizlik) kasalligi belgisi bo`lishi ehtimoldan xoli emas. Katta-katta harflar bilan yoza boshlab, keyin ularning maydalashib ketishi esa Parkinsonning ilk alomatlari bo`lishi mumkin. Albatta, aniq xulosani shifokor to`liq tekshiruvlar natijasiga qarab beradi.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar va Faktlar | Просмотров: 655 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar