16:50
Quyosh haqida qiziqarli ma'lumotlar va faktlar

1. Quyosh har soniyada 4 million tonnadan vazn yo’qotadi. Ammo oddiy til bilan aytganda, atigi bir foizga «ozish»i uchun Quyoshga 160 milliard yil kerak bo’ladi.

2. Quyoshning to’rtdan uch qismi vodoroddan iborat. Qolgan bir qismi geliydan tashkil topgan.

3. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa Oy va Yer o’rtasidagi masofadan 400 marta ko’proqni tashkil etadi.

4. Agar Quyoshning yoritish imkoniyatlari 1 foizga kamaysa, Yerda ommaviy tarzda havo sovish jarayoni kuzatilgan bo’lardi.

5. Quyosh ustki qismidagi tortish kuchi Yerdagiga qaraganda 28 marta kuchliroqdir.

6. Taxminan 1, 1 — 1, 2 milliard yildan so’ng Quyoshning yoritish imkoniyatlari 10 foizga o’sadi. Bu Yerimizda hayot qurish uchun umuman imkoniyat qoldirmaydi.

7. Quyoshga Somon Yo’li markazini bir marta to’liq aylanib o’tish uchun 240 million yil zarur bo’ladi.

8. Bizning sayyoramiz Quyosh atrofida soatiga 107 ming kilometr tezlikda harakatlanadi.

9. Quyosh yadrosidagi harorat +15 million darajaga teng.

10. Quyosh sayyora emas. Shu sababli uning yo’ldoshlari yo’q. Uning atrofida 8 ta yetarlicha ulkan, 5 ta mitti sayyoralar, o’n minglab asteroidlar, yuz mingdan uch milliontagacha kometa aylanadi.

11. Quyosh o’z o’qi atrofida bir marta to’liq aylanib o’tishi 27 kunga teng.

12. Agar Quyosh hajmi uy eshigi hajmiga teng bo’lganda, Yer hajmi 5 tiyinlik tanga hajmida bo’lardi.

13. Quyosh bundan 4, 6 milliard yil oldin paydo bo’lgan.

14. Agar Quyosh yadrosidan bir tomchi zaharli modda yerga tushsa, 150 kilometr diametrdagi tirik jon o’lim topgan bo’lardi.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar va Faktlar | Просмотров: 3077 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar