10:24
Rustam Sa'dullayev Biografiyasi haqida

Aktyor va Rejissyor Rustam Sa'dullayev 1950 yil 25 iyul sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan.
 
Rustam Sa'dullayev yoshligidan aktyorlikka qiziqqan va maktabda o'qib yurgan vaqtlarda o'sha paytdagi Pionerlar uyida drama to'garaklariga muntazam qatnashgan. 

U kinoda ilk bor 13 yoshida suratga tushgan.Shundan keyin aktyor birin ketin  filmlarda ishtirok eta boshlagan.


Ushbu aktyor 1975 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oligohini tamomlagan va shu yili "O'zbekfilm" kinostudiyasida o'z faoliyatini boshlagan.
Rustam Sa'dullayev  1973 yilda suratga olingan "Urushga faqat keksalar boradi" deb nomlangan filmdagi "Rameo" obrazi orqali juda katta mashxurlikka erishgan. Bundan tashqari u "Sevishganlar" nomi filmdagi oshiq yigit roli orqali ham ko'pchilikning sevimli aktyoriga aylangan.

Bu aktyor faoliyati davomida bugungacha 30 oshiq filmda  qatnashgan.Shuningdek u o'zi tashkil etgan "Ravshan Film" nomli studiyasida rejissyor sifatida bir nechta filmlar ham suratga olgan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Rustam Sa'dullayev  Marina ismli dizaynerga uylangan.Hozirgi kunda ularning Navro'za va Ravshan ismli ikki farzandlari bor.

Bugungi kunda 68 yoshdagi Rustam Sa'dullayev o'zining aktyorlik va rejissyorlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 720 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar