10:45
Samarqandda yigit rashk tufayli opa-singilni pichoqladi

8-avgust kuni soat 15:00 lar atrofida Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 32-uyda joylashgan savdo doʻkoni oldida fuqaro A.S. oʻzining tanishlari M.Z va uning opasi M.Z.lar bilan rashk oqibatida janjallashib qoladi. Janjal vaqtida A.S. oʻzining yonida boʻlgan pichoq bilan opa-singil tanalarining yuz va boshqa sohalarini bir necha marotaba kesib, ularga oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohatlari yetkazgan.

 


Shu kuni unga nisbatan JKning 105-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

9-avgust kuni A.S. JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan, deb xabar beradi Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Manba: uz24

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 433 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar