18:24
Selfi qarish jarayonini tezlashtiradi

Buyuk britaniyalik go`zallik bo`yicha ekspertlar selfidan noto`g`ri foydalanish og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda, deya xabar berdi Actualnews.org nashri.

Selfidan foydalanishning zarari tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish va quyoshda kuyishnikidan kam emas ekan. Bunga smatrfonlardan selfiga suratga tushilayotgan paytda chiqadigan elektromagnit nurlari sababchi ekan.

Selfi ishqibozlariga ma`lumki, ideal suratni qo`lga kiritish uchun kamida 50 tacha suratga tushish kerak. Demakki, smartfondan tarqaladigan elektromagnit nurlari ham selfi tushayotgan kishining terisini 50 marta zararlaydi. Bu esa terining juda tez qarishiga olib keladi.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar va Faktlar | Просмотров: 688 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar