Masalliqlar
8 bo'lak toster noni
1 bosh piyoz
yarimta tovuq filesi
1 ta bulg'or qalampiri
1 ta qizil sabzi
200 gramm motsarella pishlog'i
QAYLASIGA:
100 gramm eritilgan pishloq
1 osh qoshiq smetana yoki mayonez
Yo’nalishlar
Oddiy sendvichlarni ham original ko’rinishda va noodatiy ta’mda tayyolash mumkin bo’lib, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir.
Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 34 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Qadam 1
Tovuq filesi, piyoz va bulg'or qalampirini mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Sabzini esa qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Qadam 2
Tovaga yog' solib, piyozni bir daqiqa davomida qovurib olamiz. So'ng tovuq filesini solamiz, qizarguniga qadar qovuramiz.
Qadam 3
Sabzi va bulg'or qalampirini solamiz, qopqog'ini yopib, yumshaguniga qadar pishiramiz. Tuz va murch sepamiz.
Qadam 4
Qaylasi uchun esa eritilgan pishloq va smetana(mayonez)ni aralashtirib olamiz.
Qadam 5
Qolipga non bo'laklarini terib chiqamiz, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq yarmini sepamiz, ustidan qiymali aralashmani solamiz.
Qadam 6
Qolgan non bo'laklari bilan ustini yopamiz. Qaylani quyib, tekislab chiqamiz.
Qadam 7
Qolgan pishloqni ham sepib, 200 C darajada qizigan pechda 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
|