09:51
Shahzoda - Yana yomg'ir (Qo'shiq matni)

Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar,
Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan.

Men sen uchun bir qo`g`irchoq edim xolos,
Yaqinlarim ham sezgani bo`ldimi rost?
Hammadan kechib, bir seni tanlagandim,
Endi afsuslar menga bo`ldimi do`st?

Yana yomg`ir, naqadar og`ir…

Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar,
Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan.

Kerak emas, barin qaytadan boshlama, ket,
Yetadi qiynalganim shuncha, bo`ldi kech.
Allaqachon sensiz yashashni o`rgandim,
Sen xohlagandek endi bo`lmayman hech.

Yana yomg`ir, naqadar og`ir…

Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar,
Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan.

Yana yomg`ir, naqadar og`ir…

Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar,
Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar.
Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan,
Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan. (x2)

Категория: Qo'shiq matnlari | Просмотров: 1687 | | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
avatar