17:34
Shohjaxon Jo'rayev - Ona (Qo'shiq matni)

Shohjaxon Jo'rayev - Ona (Qo'shiq matni)

Ey ona umrim bo'yi kuylay yonib doston o'zing
Ey ona ko'zimga nur ham dardima darmon o'zing (x2)

Ey ona bo'lam deya kechding xuzur halovatdan
Tebratib tunlar beshik bo'lding menga posbon o'zing
Ey ona baxtlar so'rab o'zni unutding ne uchun
Kulganimda kuldingu kuysam agar giryon o'zing

Ey ona zarda qilib ketdim bilib yovlarni do'st
Qaytgnaimda pand yebon yolg'iz balo gardon o'zing
Ey ona Minatlidur yot qishda qor bersa agar
Sen ajab tayyor mudom bermakka yuz bor jon o'zing

Ey ona yillar g'ami soching oqartirmish va lek
Men sen uchun hanuz bola ey Ona.....
Mushfiq onam har on o'zing

Ey ona poying o'pib xizmatdadir o'g'ilu qizing
Onajon poying o'pib xizmatdadir o'g'ilu qizing
To abad ko'xna zamin turguncha bo'l omon o'zing

Ey ona umrim bo'yi kuylay yonib doston o'zing
Ey ona ko'zimga nur ham dardima darmon o'zing 

Shohjaxon Jo'rayev - Ona (Mp3 Ko'chirish)

Категория: Qo'shiq matnlari | Просмотров: 771 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar