08:33
So'mning qadri pastladi, Dollar kursi qora bozorda va rasmiy 8882so'm

Dollar narxi qancha? deb ko'p savol beradiganlar uchun mana endi hayratomuz ko'tarilish bo'ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 10 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari dushanba kuni e'lon qilingan kursga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8882,00 so‘mga yetgan.

Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 so‘mlik nuqtadan oshishidan so‘ng navbatdagi keskin ko‘tarilish bo‘ldi.

1 yevro kursi 259,80 so‘mga oshib, 9928,30 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 2,53 so‘mga qimmatlashib, 136,38 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 526 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar