09:03
So`nggi filmlarini ko`rmay vafot etgan aktyorlar

Ammo ba`zi aktyorlar vafotlari tufayli o`zlarining so`nggi filmlarini ko`rishga ulgurmaganlar.

Pol Uoker

Pol Uoker butun dunyoga “Forsaj” franshizasi orqali mashhur bo`ldi. 2013 yili “Forsaj 7”ning suratga olish ishlari ayni avjiga chiqqan payt taqdir taqozosi bilan Pol avtohalokatda vafot etdi.

Xit Lejer

Xit Lejer ko`pchilikka “Zulmat risari”, “Bukri tog`” kabi filmlaridagi rollari orqali yaxshi tanish. Xit ko`rishga ulgurmagan o`zining filmi “Doktor Parnasning tasavvuri” bo`ldi. Aktyor 2008 yili 22 yanvarda Manxettendagi uyida o`lik holda topilgan. O`lim sababi haddan ortiq tinlantiruvchi dorilarni ichgani bo`lgan ekan.

Robin Uilyams

2014 yili 11 avgustda Robin Uilyams o`z uyida o`lgan holatda topilgan. Ma`lum bo`lishicha, aktyor Parkinson kasalligi bilan og`riganini bilgach, o`z joniga qasd qilgan ekan. Robinning oxirgi filmi g`amga cho`kkan odam haqidagi “Bulvar” kartinasi edi.

Brendon Li

Afsonavi Bryus Lining o`g`li Brendon Li ko`pchilikka “Oq alanga”, “Kichik Tokiodagi janjal” kabi filmlari bilan tanilgan.

Brendon “Qarg`a” filmidagi suratga olish ishlarida qazo qilgan. Uni ham otasi kabi otib qo`yishgan.

Gloriya Foster

Gloriya Foster “Matrisa” va “Matrisa: qayta yuklash” filmlarida bashoratgo`y rolini ijro etishi bilan ko`pchilikka tanish. Aktrisa qandli diabet tufayli vafot etgan va “Matrisa: Inqilob” filmidagi rolini ko`ra olmagan.

Filipp Seymur Xoffman

“Kapote” filmi orqali mashhurlikka erishgan Filipp Seymur Xoffman ortiqcha darajada giyohvand moddalarni iste`mol qilgani tufayli o`z uyida vafot etgan. Uning so`nggi roli “Ochlik o`yinlari 2”dagi Plutarx edi.

Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1081 | | Рейтинг: 4.0/7
Всего комментариев: 0
avatar