08:35
Tishlarni qaysi tish pastada yuvgan yaxshiroq?

Tishlarni tozalash foydali, albatta, lekin kariyesning oldini olish uchun pasta ftorli bo‘lishi lozim. 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokida o‘tkazilgan stomatologik tadqiqot natijalari bu mineralning kariyesni davolashdagi samarasini tasdiqladi.

Shunday ekan, tishlarni bir kunda ikki marotaba tarkibida ftor bo‘lgan tish pastasida yuvgan yaxshi. 

Shuni ta’kidlash joizki, gingvitda ftorli pasta yordam bermaydi, ammo emalning buzilishidan himoya qiladi. 

 


Tishlarni bir kunda necha marta tozalash lozim?

Sizlarga ma’qul keladigan yana bir omil. Tishlarni har taom iste’molidan keyin tozalash haqiqatda foydali ekanligi tasdiqlanmadi. Hattoki buning zararli ekanligi haqidagi fikrlar ham bo‘ldi. Xullas, na unisi, na bunisi o‘z isbotini topmadi. 

Qaysi tish cho‘tkasi yaxshiroq?

Elektron tish cho‘tkalari oddiylaridan bir necha barobar qimmat, biroq u gingvit bilan kurashishda samara berishi ma’lum bo‘ldi, tadqiqot natijalari buni tasdiqladi. 

Tishlarni professional tozalattirish kerakmi?

Ba’zi stomatologlar bir yilda ikki marta tishlarni silliqlash va ularga sayqal berish yoki professional tozalattirishni tavsiya qilishadi. Biroq bu jarayon hammaga ham mumkin emas: bu kimlardadir allergiyani qo‘zg‘atishi yoki milklarni qonatishi ehtimoli mavjud.

Qimmat plombami yoki arzoni?

Stomatologlar ko‘pincha qimmat plomba qo‘yishni taklif qilishadi. O‘tkazilgan tadqiqot esa ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini ko‘rsatdi. 

Shuni tan olish kerakki, tishlar sog‘ligini nazorat qilishning har doim ham uddasidan chiqa olmaymiz. Organizmning umumiy holatiga ta’sir qiluvchi genetik moyillik va so‘lak tarkibi ham bunda katta ahamiyatga ega. 

Bu og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlashni to‘xtatish kerak, degani emas, diqqatni haqiqatda samarali natija beruvchi omillarga qaratish lozimligiga ishoradir.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 624 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar