12:34
Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak 460mln so'm mablag‘idan ayrildi

Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak yirik mablag‘idan ayrildi.

IIBB xabariga ko‘ra, 41 yoshli A. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli I.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Firibgar ayol unga 460 mln so‘mni bankdan "arzon" narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va’da qilgan. Firibgarning so‘zlariga ishongan fuqaro unga 2019 yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 mln so‘m pulni berib yuborgan.



Biroq firibgar ayol va’dasida turmagan va pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 425 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar