13:44
Toshkentda quduqdan jasad topildi

Joriy yilning 19 dekabr soat 13:45 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 5-uyning orqa tomonidagi quduq ichidan 55-60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining jasadi topilgan. 

“Postda” nashrning xabar berishicha, tashqi ko‘rinishidan jasadga jarohat yetkazilmagan.

Hozirda sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan jasad kimga tegishli ekanligini, marhumning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Surishtiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 4387 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar